Turk Politsiya tashkiloti va Qirg’iziston o'rtasida hamkorlik...

Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Metin Kilich Turkiya bilan Qirg’iziston o’rtasida xavfsizlik bo’yicha yo’lga qo’yilgan hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

97728
Turk Politsiya tashkiloti va Qirg’iziston o'rtasida hamkorlik...

Turk Politsiya tashkiloti Qirg’iziston bilan hamkorlikni kengaytirmoqda.
Qirg’iziston İchki ishlar vazirligiga qarashli Politsiya akademiyasi Turk Politsiya tashkiloti tomonidan qayta ta’mirlandi.
Turk va qirg’iz vakillar Turk Politsiya tashkiloti bilan TİKA tomonidan butunlay yangilangan sport markazining ochilishini amalga oshirdi.
Mazkur sport markazi Qirg’iziston Politsiya akademiyasidagi ta’lim mashg’ulotlari uchun foydalaniladi.
Ochilish marosimida Qirg’iziston Transport xavfsizlik xizmati xodimlariga 8 ta zamonaviy radar jihozi sovg’a qilindi.
Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Metin Kilich Turkiya bilan Qirg’iziston o’rtasida xavfsizlik bo’yicha yo’lga qo’yilgan hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
Qirg’iziston İchki ishlar vaziri Suranchiyev Politsiya akademiyasidagi sport markazining yangilanishi bu yerda tahsil olgan yoshlarning sog’lom muhitda darslarga qatnashishi jihatidan juda muhim ekanligiga to’xtalib, buni ta’minlagan Turkiya hukumatiga va xalqiga minnatdorchilik bildirdi.
Marosim o’tkazilgan zalda elchi Kilichga qirg’iz milliy libosi taqdim etildi, elchixona xodimlariga esa, qirg’iz qalpog’i kiydirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar