Turkmanistonda Mustaqillik bayramiga katta tayyorgarlik ketmoqda

Bayram oldidan Turkmanistonning Lebap viloyatida ulkan kutubxona xizmatga ochildi.

162732
Turkmanistonda Mustaqillik bayramiga katta tayyorgarlik ketmoqda

Turkmanistonda 27 oktyabr Mustaqillik bayramiga katta tayyorgarlik ketmoqda.
Bayram oldidan Lebap viloyatida turli ochilish faoliyatlari amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha Lebap viloyati kutubxonasining rasmiy ochilishi bo’lib o’tdi.
Mazkur kutubxonaga 26 million AQSh dollari sarf qilindi.
Tantanali ochilishga Turkmaniston Prezidenti Kurbankuli Berdimuhammedov ham tashrif buyurdi.
Kutubxonada qo’l yozma asarlardan tashqari jami 1 milliondan ziyod kitob mavjud.
Mazkur kutubxona kompyuter va internet xonalari bilan bir qatorda, zamonaviy texnologik vositalar bilan jihozlangan.
Berdimuhammedov tomonidan xizmatga ochilgan ulkan savdo markazi ham davlat iqtisodiyotiga katta hissa qo’shishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar