Ertaga Bakuda Turk kengashi vazirlari yig’ilishi o’tkaziladi

Turk kengashi Xalq ta’limi vazirlari yig’ilishiga Ozarbayjon, Turkiya va Qirg’iziston Xalq ta’limi vazirlarining ishtirok etishi kutilmoqda.

207898
Ertaga Bakuda Turk kengashi vazirlari yig’ilishi o’tkaziladi

Ertaga Ozarbayjonning poytaxti Bakuda Turk kengashi Xalq ta’limi vazirlari yig’ilishi o’tkaziladi.
Ta’lim sohasi bo’yicha qator mutahassislar yig’ilish oldidan Bakuda o’zaro uchrashdi.
Uchrashuvda Turk kengashi Bosh kotibi Ramil Hasanov mazkur yig’ilish turkiy davlatlar o’rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning ravnaqiga o’z hissasini qo’shishini aytib o’tdi.
Xalq ta’limi vazilari yig’ilishida litseylar o’rtasida o’quvchi almashtirish dasturini yo’lga qo’yish, mushtarak tarix va adabiyot darslik kitoblarining tayyorlanishi va mushtarak ta’lim kanalining ochilishi kabi mavzular ko’zdan kechiriladi.
Turk kengashi Xalq ta’limi vazirlari yig’ilishiga Ozarbayjon, Turkiya va Qirg’iziston Xalq ta’limi vazirlarining ishtirok etishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar