Toshkent Haftanomasi....

Toshkent Haftanomasi....

143143
Toshkent Haftanomasi....

 


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi, shu yilning 4-5 dekabr kunlari Shveysariyaning Bazel shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining 21-uchrashuvida ishtirok etdi.
Shveysariya raisligi doirasida tashkil etilgan tadbirda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar va hamkor davlatlarning tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv chog‘ida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan mintaqaviy xavfsizlik va yangi tahdidlarga qarshi kurashishda tashkilot salohiyatini mustahkamlash bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi.
Yevropada hamkorlik va xavfsizlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Tashkilot Bosh kotibi Lamberto Zannnier bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorligi dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda ba’zi mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

“O`zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning yigirma ikki yilligiga bag`ishlangan tantanali yig`ilish bo`lib o`tdi.
Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san`at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.
Jig`ilishni Toshkent shahar hokimi Raxmonbek Usmonov ochdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantanali yig`ilishda ma`ruza qildi.
Prezident Islom Karimov o'z nutqida, Konstitutsiyaning asosiy qoidalari, tamoyil va maqsadlari mamlakatimizda yaratilgan va samarali faoliyat ko`rsatayotgan mukammal qonunchilik va huquqiy bazaning, butun dunyoda “o`zbek modeli” deb nom qozongan jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va erkinlashtirish, tarkibiy tub o`zgarishlar va mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo`yicha puxta o`ylangan uzoq muddatli dasturning asosini tashkil etishini alohida ta`kidladi.
Karimov, bundan 22 yil avval demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan Asosiy qonunning O'zbekistonda yangi jamiyatning huquqiy kafolatlarini shakllantirganligini va mustahkamlaganligini aytar ekan, mamlakat istiqlolning dastlabki yillaridanoq belgilab olgan bozor iqtisodiyotiga yo`naltirilgan demokratik davlat qurish, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta`minlash, odil fuqarolik jamiyati barpo etish kabi ulug`vor maqsadlarga erishishda Konstitutsiyaning huquqiy asos bo`lib xizmat qilayotganligini bildirdi.
Karimov, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishga qaratilgan taraqqiyot yo`limizni qat`iyat bilan davom ettirish – bosh maqsad ekanligini malum qildi.
Prezident Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2015 yilni mamlakatda Keksalarni e`zozlash yili deb e`lon qilishni taklif etdi. Davlat rahbarining bu taklifi yig`ilganlar tomonidan qo`llab-quvvatlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o'tgan xaftada Oqsaroyda ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning beshinchi raundida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan AQSh Davlat kotibining janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo`yicha yordamchisi Nisha Desai Bisvalni qabul qildi.
Davlat rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, 2 mamlakat o`rtasidagi o`zaro hurmatga asoslangan amaliy hamkorlik sur`atini ijobiy baholadi.
Uchrashuvda, turli darajadagi doimiy muloqotlar tomonlarga bir-birini anglash, hamkorlikni yanada rivojlantirishning aniq yo`nalishlarini belgilab olish imkonini berayotganligi, Bu davlatlararo miqyosda, shuningdek, ilm-fan va ta`lim, madaniyat va san`at namoyandalari, fuqarolik jamiyati vakillari o`rtasidagi hamkorlikda ham o`z ifodasini topayotganligi ta`kidlandi.
Muloqot chog`ida xalqaro masalalar, jumladan, mintaqa va uning tashqarisida ham xavfsizlikka tahdid solayotgan Afg`oniston muammosiga alohida e`tibor qaratildi.
Davlat kotibi yordamchisi AQSh O`zbekiston rahbarining Afg`onistondagi vaziyatni o`nglash borasidagi sa`y-harakatlarini, O`zbekistonning ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklashda ko`rsatayotgan yordamini yuksak qadrlashini ta`kidladi.
Nisha Desai Bisval samimiy qabul, o`zaro hamkorlikka oid va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniyati yaratilgani uchun Prezident Islom Karimovga minnatdorlik bildirdi.
Amerikalik diplomat o`z davlati rahbariyati nomidan AQSh O`zbekiston bilan ko`p qirrali va uzoq istiqbolga mo`ljallangan hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o'tgan xaftada Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a`zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Go Shenkunni qabul qildi
Prezident Islom Karimov, mehmonni O`zbekistonga tashrifi bilan qutlar ekan, O`zbekiston 2 mamlakat o`rtasidagi ochiqlik va ishonchga asoslangan teng huquqli va o`zaro manfaatli hamkorlikni yuksak qadrlashini ta`kidladi.
Xitoy Davlat kengashi a`zosi Go Shenkun, O`zbekiston – Xitoy munosabatlarining izchil rivojlanishiga ulkan hissa qo`shayotganini alohida ta`kidladi. Go Shenkun O`zbekistonda hukm surayotgan tinchlik, osoyishtalik va hamjihatlik yuksak samaralar berayotganini qayd etdi.
Oqsaroydagi suhbat chog`ida ko`p qirrali o`zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga oid masalalar bo`yicha fikr almashildi.
Xitoy Xalq Respublikasi jamoat xavfsizligi vaziri Prezident Islom Karimovga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Xitoy O`zbekiston bilan hamkorlikni yanada keng, izchil davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta`kidladi.
Geçiş…..
O`zbekistonlik yosh shaxmatchilar Braziliyada sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritdi
Braziliyada shaxmat bo`yicha maktab o`quvchilari o`rtasida jahon chempionati bahslari o`tkazildi.
Unda o`zbekistonlik yosh shaxmatchilar aka-uka javohir va Islombek Sindorovlar ishtirok etdi.
9 yoshli bolalar o`rtasida o`tkazilgan bahslarda javohir katta farq bilan g`oliblikni qo`lga kiritdi. U 9 imkoniyatdan 8,5 ochko jamg`arishga muvaffaq bo`ldi va ikki karra jahon chempioni nomiga ega chiqdi.
Islombek Sindorov esa 7 yoshli bolalar o`rtasidagi musobaqada ishtirok etdi.
Kuchli uchlikdan joy olgan shaxmatchilarning bari 7,5 tadan ochko to`plashdi. Qo`shimcha ko`rsatkichlarga ko`ra, Islombek Sindorov bronza medali bilan taqdirlandi.

O'zbekistonlik futbol hakami Ravshan Ermatov beshinchi bor Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi
Filippinning Manila shahrida OFK tomonidan yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimida Ravshan Ermatov beshinchi bor Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi.
2014 yilning eng yaxshi hakami bo`lishga Eron vakili Ali Rizo Fag`oniy va bahraynlik hakam Navof Shukrulloh bilan birgalikda o`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov ham nomzodlik qilayotgan edi.
Tadbir davomida Ravshan Ermatov qit`aning eng yaxshi hakami, degan nomga sazovor bo`ldi.
Shu tariqa Ermatov beshinchi bora Osiyoning eng yaxshi hakami deb tan olindi.
Eslatib o`tamiz, u 2008, 2009, 2010 va 2011 yillarda ham qit`ada eng yaxshi hakam bo`lgan edi.
Malumki, Ravshan Ermatov yozda Braziliyada bo`lib o`tgan jahon chempionati vaqtida to`rtta o`yinni boshqarib, mundiallardagi uchrashuvlari sonini 9 taga etkazgan va bu borada rekord o`rnatgan edi.
Geçiş…..
“Tashkent Cup-2014” turnirida Qozog`iston futzal jamoasi g`olib bo`ldi
Qozog`iston terma jamoasi, Toshkentda bo`lib o`tgan futzal bo`yicha «Tashkent Cup-2014» xalqaro turniri g`olibiga aylandi.
Turnirning so`nggi turidan o`rin olgan ilk o`yinda Qozog`iston va Belarus terma jamoalari o`zaro kuch sinashishdi. Mazkur o`yinda Qozog`iston terma jamoasi g`olib bo`lgan taqdirda, O`zbekiston – Ozarboyjon o`yini natijasidan qat`i nazar, turnir g`olibiga aylanardi. Ҳar ikkala terma jamoa a`zolari ham ancha ochiq va chiroyli o`yin namoyish etishdi va o`yin gollarga boy bo`ldi. Uchrashuvning so`nggi daqiqasigacha 3:3 hisobi qayd etilib turgan edi, ammo so`nggi daqiqada qozog`istonlik futzalchilar g`alaba to`pini kiritishga muvaffaq bo`lishdi. Ushbu g`alabadan so`ng Qozog`iston terma jamoasi o`z ochkolari sonini 7taga etkazdi va «Tashkent Cup-2014» xalqaro turnirining bu yilgi g`olibiga aylandi.
O`zbekiston va Ozarboyjon terma jamoalarining o`zaro bahsi esa Ozarboyjon terma jamoasining 6:3 hisobidagi g`alabasi bilan tugadi.
Shu tariqa, Qozog`iston 7 ochko bilan turnir g`olibiga aylangan bo`lsa, Ozarboyjon termasi 6 ochko bilan ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi. O`zbekiston terma jamoasi 2 ochko bilan turnirda uchinchi o`rinni oldi. Belarus terma jamoasi esa turnirni 1 ochko bilan oxirgi o'rinda yakunladi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar