Turkiyaning yetakchi kompaniyasi rahbari "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Shu munosabat bilan Istanbul shahrida ushbu yuksak mukofotni tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

2083179
Turkiyaning yetakchi kompaniyasi rahbari "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi

 

Turkiyaning "Cengiz Holding" kompaniyasi asoschisi Mehmet Jengiz O'zbekiston Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlandi. Shu munosabat bilan Istanbul shahrida ushbu yuksak mukofotni tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Tantanali tadbirda mazkur xolding boshqaruv kengashi a'zolari va kompaniya xodimlari ishtirok etdi.

O'zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Sherzod Abdunazarov O'zbekiston Prezidentining Mehmet Jengizni "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlash to'g'risidagi tegishli farmonini o'qib eshittirdi.

Mehmet Jengiz mukofotni qabul qilib olar ekan, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga uning faoliyatiga berilgan yuksak baho va "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangani uchun minnatdorlik bildirdi.

- Hurmatli tadbir qatnashchilari, xonimlar va janoblar. Hayotim davomida ko'plab medal va ordenlar bilan taqdirlanganman. Lekin O'zbekiston Prezidenti tomonidan taqdim etilgan mazkur "Do'stlik" ordeni men uchun alohida ahamiyatga ega. O'zbekiston bizning ona tuprog'imiz. Yurtingizga sarmoya kiritdik, do'stlik aloqalarini o'rnatdik. Bugun men bu ordenni faxr ila qabul qildim. Fursatdan foydalanib, yuksak e'tibor uchun O'zbekiston yetakchisiga minnatdorlik bildiraman. O'zbekistonda bizga yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida o'z faoliyatimizni yo'lga qo'ydik. Shu orqali biz ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik rivojiga oz bo'lsada hissa qo'shyapmiz, - dedi u.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Cengiz Holding

Aloqador xabarlar