Hakan Fidan bilan Kulubayev G‘azodagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi

Hakan Fidan, Qirg‘iz Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevning taklifiga binoan bugun Qirg‘izistonga tashrif uyushtirdi.

2086488
Hakan Fidan bilan Kulubayev G‘azodagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, G‘arbning G‘azodagi qatliomni qo‘llab - quvvatlashi dunyo tinchligi jihatidan xavf tug‘dirayotganini qayd etdi.

Hakan Fidan, Qirg‘iz Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevning taklifiga binoan bugun Qirg‘izistonga tashrif uyushtirdi.

Qirg‘izistonda uyushtirilgan VI. Qo‘shma strategik yig‘ilish ortidan kasbdoshi Kulubayev bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirgan Fidan o‘zaro, mintaqaviy va global aloqalarni har tomonlama muhokama qilganliklarini bildirdi.

Isroilning G‘azoda davom etayotgan qatliomlari va bu borada Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) bilan Arab Ligasi tomonidan tuzilgan aloqa guruhi faoliyati haqida kasbdoshiga ma’lumot berganini ifoda etgan Fidan mavzu haqida:

“G‘azodagi qatliom ayrim davlatlar shu jumladan ko‘proq G‘arb tomonidan ba’zan ochiq – oydin bazan esa bilvosita qo‘llab – quvvatlanmoqda yoki jimjirt tomosha qilinmoqda. Bu holat dunyo tinchligi jihatidan katta xavf tug‘dirmoqda. Kasbdoshim bilan shular haqida gaplashdik. Bu kunlarda kim bilan uchrashsak, shu masalani muhokama qilyapmiz.

Voqeaning fojiali jihatida hamma bir xil fikrda ammo bunga chora ko‘rilmayapdi. Shu bois ham haligacha davom etmoqda. Buni to‘xtatish uchun farqli qadamlar tashlanishi kerak, bunga ehtiyoj bor”. – deya gapirdi.

Hakan Fidan qirg‘iz kasbdoshi Kulubayev bilan shuningdek Rossiya - Ukraina urushi haqida ham fikr almashdi. Bu borada, Turkiyaning Qora dengizdagi eng uzoq sohilga ega davlat sifatida Ukraina va Rossiya bilan alohida – alohida yo‘lga qo‘ygan munosabatlari don kelishuvi masalasini qayta tiklashga qanday hissa qo‘shishi masalasi ham qo‘lga olindi.

 



Aloqador xabarlar