Bishkekda harbiy vertolyot halokatga uchradi

Ma'lumotga ko'ra, bugun, 17 yanvar kuni soat 11:00 lar atrofida Mi-8 harbiy vertolyoti "Frunze-1" hududidagi Do‘stuk mavzesi yaqinida qulagan.

2089711
Bishkekda harbiy vertolyot halokatga uchradi

 

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida harbiy vertolyot halokatga uchradi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. 

Ma'lumotga ko'ra, bugun, 17 yanvar kuni soat 11:00 lar atrofida Mi-8 harbiy vertolyoti "Frunze-1" hududidagi Do‘stuk mavzesi yaqinida qulagan. 

Mahalliy manbalarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘y bergan hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, bortdagi yana yetti kishi jarohatlangan.

Voqea harbiy mashg‘ulotlar vaqtida sodir bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Bishkek

Aloqador xabarlar