Tufekchi bilan Hasanov mudofaa sanoati sohasidagi loyihalarni qoʻlga oldi

Jelal Sami Tufekchi Ozarbayjonga boʻlgan tashrifi chogʻida Zakir Hasanov bilan uchrashdi.

2090544
Tufekchi bilan Hasanov mudofaa sanoati sohasidagi loyihalarni qoʻlga oldi

Milliy Mudofaa vaziri oʻrinbosari Jelal Sami Tufekchi, bir qator uchrashuv oʻtkazish uchun borgan Ozarbayjonda Mudofaa vaziri Zakir Hasanov bilan uchrashdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Tufekchining ayrim turk mudofaa sanoati shirkatlari rahbarlari bilan birga Hasanov bilan uchrashgani ma’lum qilindi.

Turkiyaning Bokudagi elchisi Jahit Bagji ham ishtirok etgan mazkur uchrashuvda harbiy texnika va mudofaa sanoati sohasida qoʻshma loyihalar va mintaqaviy xavfsizlik masalalari qoʻlga olindi.

Tufekchi va hamrohligidagi hay’at Ozarbayjondagi uchrashuvlari doirasida marhum Prezident Haydar Aliyevning qabri, 20 - yanvar shahidlari dafn etilgan Shahidlar xiyoboni va Boku turk shahidlar qabristonini ham ziyorat qildi.

 



Aloqador xabarlar