Ozarbayjon delegasiyasi YEKPAdagi faoliyatini to‘xtatdi

Ozarbayjon delegasiyasi keyingi bildirishnomaga qadar YEKPAdagi o‘zaro hamkorligi va ishtirokini to‘xtatishga qaror qildi.

2093230
Ozarbayjon delegasiyasi YEKPAdagi faoliyatini to‘xtatdi

 

Ozarbayjon delegasiyasi Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi o‘zaro hamkorlik va ishtirokini to‘xtatganini e’lon qildi.

Kecha, 24 yanvar kuni delegasiya tuzilmaning Strasburgdagi yig‘ilishida quyidagi bayonot bilan chiqdi:

Ozarbayjon Respublikasi g‘ururli, mustaqil, suveren, demokratik va ko‘p madaniyatli mamlakatdir. Demokratiya bizning ongli tanlovimizdir. 1991 yilda mustaqillikka erishganimizdan beri biz Ozarbayjonda inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlashda ulkan yutuqlarga erishdik.

Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasining (EKPA) asosiy maqsadi turli mamlakatlar parlamentariylari o‘rtasida o‘zaro hurmat va teng shart-sharoitlarga asoslangan muloqot uchun platforma yaratishdan iborat.

2001 yilda Yevropa Kengashiga a’zo bo‘lgan Ozarbayjon inson huquqlari va qonun ustuvorligini himoya qilishga qaratilgan ushbu tashkilot Ozarbayjonga yuz minglab ozarbayjonliklarning huquqlarini tiklashda yordam berishiga chin dildan umid qilgan va kutgan.

Ozarbayjon hududiy yaxlitligi va suverenitetini tiklaganidan so‘ng biz Ozarbayjonni haqorat qilish, respublikaning ozarbayjon xalqiga uzoq vaqtdan beri inkor etib kelinayotgan adolatni tiklash borasidagi yutuqlariga soya soladigan uyushtirilgan tuhmat kampaniyasiga duch keldik. Deyarli 20 yil davomida bizga YEKPA mojarolar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun mos format emasligini aytishdi. Ammo hozir o‘sha YEKPA va o‘sha deputatlar buning aksini aytishadi va Ozarbayjonga hujum qilish uchun birorta imkoniyatni qo‘ldan boy berishmaydi.

Biz Ozarbayjon delegasiyasining YEKPAdagi vakolatlariga qarshi chiqish tashabbusini ushbu yovuz kampaniyaning bir qismi deb bilamiz. Shuningdek, biz bu tashabbusni Ozarbayjonda davom etayotgan saylov jarayoniga asossiz ravishda aralashishga qaratilgan ataylab qilingan va qabul qilib bo‘lmaydigan urinish sifatida qaraymiz. Delegasiyamiz vakolatlarini ratifikasiya qilishning taklif qilingan rad etilishi butun Yevropa Kengashining nufuzi va xolisligiga jiddiy zarba bo‘ladi va uning jiddiy va qaytarilmas oqibatlari uchun javobgarlik butunlay uning tashabbuskorlari zimmasiga tushadi.

Ozarbayjon delegasiyasi keyingi bildirishnomaga qadar YEKPAdagi o‘zaro hamkorligi va ishtirokini to‘xtatishga qaror qildi, - deya ma’lum qildi delegasiya a’zolari.

Ma’lum qilinishicha, bayonot o‘qib eshittirilgach, delegasiya zalni tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 yanvar kuni Germaniya parlamenti deputati Frank Shvabe va yana 22 nafar parlamentariy Ozarbayjon delegasiyasining vakolatlarini mamlakat tomonidan tashkilot tamoyillarini buzgani uchun cheklash uchun ovoz bergan edi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar