Qozog‘istonning yangi bosh vaziri O‘ljas Bektenov bo‘ldi

Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majlisi AMANAT partiyasi tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan O‘ljas Bektenovni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi.

2098431
Qozog‘istonning yangi bosh vaziri O‘ljas Bektenov bo‘ldi

 

Bugun, 6-fevral kuni Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majlisi AMANAT partiyasi tomonidan nomzodi ko‘rsatilgan O‘ljas Bektenovni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tasdiqladi. 69 deputat yoqlab ovoz berdi, 7 nafari betaraf qoldi.

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Alixon Smoilovning o‘zi iste’foga chiqqanini ta’kidladi.

"Hukumat tezkor qarorlar qabul qilish va samarali qadamlar qo‘yishda yangi, muhim rol o‘ynashi kerak. Xalqimiz farovonligi yo‘lida iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni rag‘batlantirish uchun dadil, qat’iy qarorlar qabul qilinishi lozim. Hukumat faoliyatiga yangi turtki berish kerak, buni jamoatchilik ham kutmoqda. Shu sababli men Alixon Smoilovning iste’fosini qabul qildim", – dedi To‘qayev.

Bektenovning bosh vazirlikka nomzodini hukmron partiya rahbari Erlan Koshanov taqdim etdi. Prezident buni tasdiqladi.

44 yoshli O‘ljas Bektenov bungacha Prezident Administratsiyasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 5-fevral kuni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukumat iste’fosini qabul qilishga doir hujjatni imzolagandi.

 


Tanlangan kalimalar: #O‘ljas Bektenov , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar