Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo'lib o'tmoqda

Saylovda 7 nafar nomzod jumladan, Ilhom Aliyev, Elshod Musayev, Fozil Mustafo, Fuad Aliyev, Qudrat Husanquliyev, Rozi Nurillayev, Zohid O‘ruj bellashmoqda.

2098765
Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo'lib o'tmoqda

 

Bugun, 7 fevral kuni Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovi bo'lib o'tmoqda.

Ozarbayjon Respublikasining amaldagi Prezidenti Ilhom Aliyev, vitse-prezident Mehribon Aliyeva va ularning oila a’zolari Qorabog‘ning Xonkendi shahridagi 122-sonli saylov okrugining 14-saylov uchastkasida ovoz berdi. 

Qayd etilishicha, saylovda 7 nafar nomzod jumladan, Ilhom Aliyev, Elshod Musayev, Fozil Mustafo, Fuad Aliyev, Qudrat Husanquliyev, Rozi Nurillayev, Zohid O‘ruj bellashmoqda. Saylov natijalari ikki kundan so‘ng, 9 fevral kuni e’lon qilinadi.  

 

 

Shuningdek, o‘z saylov uchastkalariga Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov, Mudofaa vaziri Zokir Hasanov, Vitse-prezident Hikmat Hojiyev, Bosh prokuror Kamron Aliyev, Bosh vazir Ali Asadov, Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sohiba Gafarova, Prezident Administratsiyasi rahbari Samir Nuriyev, Favqulotda vaziyatlar vaziri Kamoliddin Haydarovlar ham yetib borgan.  

Qorabog‘ning ramziy shahri Shushada, bir vaqtlar bo‘lginchi arman ma’muriyati tomonidan “poytaxt” sifatida foydalanilgan Xonkendida, Xo‘jali, Xo‘javand, Agdere, Ag‘dam, Jabrayil, Fuzuli, Zangilonda Gubadli, Lochin va Kalbachar shaharlarida 22 mingdan ortiq saylovchi ovoz beradi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilar ro‘yxatida 6 million 478 ming 623 nafar saylovchining nomi bor. Ular mamlakat bo‘ylab 6537 ta saylov uchastkasida ovoz beradi.

Xorijdagi Ozarbayjon fuqarolari uchun 37 davlatdagi elchixonalar va konsulliklarda 49 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ushbu saylov uchastkalarida 23 mingdan ortiq saylovchi o‘z ovoz berish huquqidan foydalanadi.Saylovda 190 ta xalqaro media tashkiloti qatnashmoqda.

 

Ulardan 216 nafari xalqaro kuzatuvchi sifatida ro‘yxatga olingan.

Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 19.00da yakunlanadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar