Istanbul Bosh konsulligida Turkiya biznes vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

O'zbekiston bosh konsuli Sherzod Abdunazarov Turkiyaning "UFS Tesis Yönetim Hizmetleri A.Ş." kompaniyasi boshqaruv kengashi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi.

2100172
Istanbul Bosh konsulligida Turkiya biznes vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 

O'zbekiston bosh konsuli Sherzod Abdunazarov Turkiyaning "UFS Tesis Yönetim Hizmetleri A.Ş." kompaniyasi boshqaruv kengashi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi.

"UFS Tesis Yönetim Hizmetleri A.Ş." kompaniyasiga 2005-yilda asos solingan. Kompaniya savdo markazlari, fabrikalar, o'quv muassasalari, shifoxonalar, supermarketlar, ofislar va boshqa yirik tashkilotlarda tozalik va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, "satering" bilan shug'ullanadi. Bugungi kunda kompaniya 10 mingdan ortiq ishchi kuchiga ega.

Muloqot chog'ida turkiyalik ishbilarmonlar bilan O'zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mamlakat fuqarolarini Turkiyadagi bo'sh ish o'rinlariga qonuniy tarzda joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Turkiya vakillarining aytishicha, Istanbul aeroportida tozalik va obodonlashtirish sohasida mingga yaqin ishchi o'rinlari mavjud. Ular ushbu bo'sh o'rinlarga o'zbekistonliklarni jalb etishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi. Turk tomoni ilk bosqichda 50 kishini ishga olish va ularni aeroport terminallari, pasport nazoratidan o'tish hududi va bagaj sektorlariga joylashtirish maqsadga muvofiqligini ta'kidladi.

Uchrashuv so'nggida O'zbekiston fuqarolarini Turkiyaga tashkiliy va qonuniy ravishda mehnat faoliyatiga jalb qilish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va "UFS Tesis Yönetim Hizmetleri A.Ş." kompaniyasi vakillari o'rtasida muzokaralar tashkil etish ham hamkorlik shartnomasini tuzish to'g'risida kelishib olindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar