Ozarbayjon Armaniston bilan tinchlik jarayoniga sodiq ekanini bildirdi

Ozarbayjon Armaniston tomonini tinchlik jarayoniga ziyon yetkazmaslikka chaqirdi.

2102005
Ozarbayjon Armaniston bilan tinchlik jarayoniga sodiq ekanini bildirdi

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, chegaradagi oxirgi taranglik Armaniston provokatsiyasiga javob tariqasida ekani bildirildi.

Bayonotda, “Ozarbayjon tinchlik jarayoniga sodiqdir va Armaniston tomonini bu boradagi saʼy - harakatlarni xavf ostiga qoʻyish ehtimoli boʻlgan harbiy taranglikdan qochishga chaqiradi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eslatib oʻtamiz:

Tunov kuni Zangilon viloyatining Kollukishlak qishlog‘i yo‘nalishidagi Ozarbayjon mavzelariga qarshi Kafan viloyatining Nerkin - And qishlog‘i yo‘nalishidagi Armaniston mavzelaridan o‘q uzilgandi. Eng yomoni, mazkur voqea oqibatida ozarbayjonlik bir askar tan jarohati oldi.  

Ozarbayjon armiyasi ushbu vaziyat yuzasidan amaliyot uyushtirib, askarlariga qarshi o‘q uzilgan mavzeni yo‘q qilgandi.

Armaniston Mudofaa vazirligi voqeada 4 nafar askarining hayotdan ko‘z yumgani haqida ma’lumot bo‘lishar ekan Armaniston Tashqi Ishlar vazirligi Ozarbayjonni, chegaradagi keskinlikni kuchaytirish uchun bahona izlayotganlikda ayblagandi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Armaniston , #tinchlik jarayoni

Aloqador xabarlar