Turk kompaniyasi O‘zbekistonda harbiy poyabzallar ishlab chiqaradi

Loyihaning dastlabki qiymati 50 mln dollarni tashkil etib, birinchi bosqichda 15 mln dollar miqdorida investitsiya yo‘naltiriladi.

2102765
Turk kompaniyasi O‘zbekistonda harbiy poyabzallar ishlab chiqaradi

 

Turk kompaniyasi O‘zbekistonda harbiy poyabzallar ishlab chiqarmoqchi.

Turkiyaning “Warboots” kompaniyasi O‘zbekistonda harbiy poyabzallarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Loyihaning dastlabki qiymati 50 mln dollarni tashkil etib, birinchi bosqichda 15 mln dollar miqdorida investitsiya yo‘naltiriladi.

Loyiha uchun Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi kichik sanoat zonasidan yer maydonini ajratish taklif etildi. Umumiy 8 gektar maydonda amalga oshirish kutilmoqda.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabar berishicha, loyiha ishga tushirilgach, 4 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilib, 700 mln dollarlik eksport amalga oshirilishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Warboots , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar