O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo aylanmasi hajmini 10 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Bu haqda Qozog‘iston TIV rahbari Murat Nurtleu O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Ostonaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

2104390
O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo aylanmasi hajmini 10 mlrd dollarga yetkazmoqchi

 

Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishga kelishib oldi.

Bu haqda Qozog‘iston TIV rahbari Murat Nurtleu O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Ostonaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

"Hozirgina Baxtiyor Saidov bilan an’anaviy do‘stlik, o‘zaro yordam va ishonch ruhida tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Biz o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldik, asosiy vazifalarni ko‘rib chiqdik. Davlat rahbarlarining joriy yil bo‘lib o‘tadigan ko‘p tomonlama formatdagi oliy darajadagi tashrif va uchrashuvlariga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqboli tahlil etildi. Savdo, sanoat, transport va logistika sohalaridagi sheriklik masalasi atroflicha muhokama qilindi",-dedi Murat Nurtleu vazirlarning qo‘shma bayonotida. 

Vazir o‘z so‘zida Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri ekaniga ham urg‘u berdi.

"So‘nggi yillarda tovar ayirboshlash izchil o‘sib, 4 milliard dollardan oshdi. Sanoat kooperatsiyasi sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Ayni payt umumiy qiymati 156 million dollarlik 12 qo‘shma loyiha ishga tushirilgan. Shuningdek, jami 1 milliard dollarlik 21 loyiha ishlab chiqilmoqda. O‘zaro savdo aylanmasini 10 milliard dollarga yetkazish navbatdagi muhim vazifa hisoblanadi. Davlatlarimiz chegarasida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi foydalanishga topshirilishi ayni jarayonga salmoqli hissa qo‘shishini kutamiz",- Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu.

Vazirning ta'kidlashicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida erishilgan kelishuvlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va taraqqiyotga ham ta’sir ko‘rsatadi.

"Ikki davlat oʻrtasida hali hal etilmagan birorta muammo yoʻq. Bu kelajakda ham davom etishiga toʻliq ishonaman",-deydi u.

Qozog‘iston TIV rahbari Murat Nurtleu, "Ikki davlat oʻrtasida hali hal etilmagan birorta muammo yoʻq. Bu kelajakda ham davom etishiga toʻliq ishonaman",-dedi.

O'zaro savdoning oxirgi yillarda barqaror o'sganiga diqqat qaratgan Nurtileu, ikki o'lka o'rtasidagi savdoni 10 milliard dollarga oshirish bo'yicha kelishib olganligini bildirdi.

U shuningdek, mintaqa aholisi uchun muhim bo‘lgan suv va energetika masalalari hamda ikki davlatning transport salohiyatini oshiradigan yangi temir yo‘l qurilishi loyihalari ham muhokama qilinganligini aytdi.

"Men ularni O‘zbekiston yuk mashinalarining chegaralarimizdan o‘tishini osonlashtirish bo‘yicha muhim ishlarni davom ettirishimizga ishontirdim",- deydi u.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham uchrashuvlar nihoyatda samarali bo‘lganini ta’kidlab, "Bu yil yetakchilarimiz o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarga boy bo‘lishini kutamiz",-dedi.

Ma'lumotga ko'ra, tomonlar transchegaraviy daryolardan birgalikda foydalanish masalalarini ham muhokama qildilar.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar