O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Turkiya elchisi bilan uchrashdi
Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
2105026
O'zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Turkiya Elchisi bilan uchrashdi.
2024-yilning 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Turkiya Respublikasining mamlakatdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Mintaqaviy dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.