Qozog‘iston janubida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 11:22 da Olmaotada zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Qozog‘istonning Olmaota shahridan 31 km janubda joylashgan.

2110588
Qozog‘iston janubida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

 

Qozog‘iston janubidagi Olmaota shahri yaqinida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 11:22 da Olmaotada zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Qozog‘istonning Olmaota shahridan 31 km janubda joylashgan. Olmaotada zilzila kuchi 5 ballni tashkil etgan. 

“O‘zaro hamkorlik algoritmiga ko‘ra, tegishli davlat organlari xabardor qilindi. Ichki ishlar organlarining tezkor navbatchisiga shahardagi bino va inshootlarni vayron bo‘lganligi va shikastlanganligini vizual tekshirish to‘g‘risida ma’lumot to‘plash uchun ma’lumotlar kiritildi, vayronagarchiliklar mavjudligi va hayotni ta’minlash ob’ektlari faoliyati monitoringi olib borilmoqda”, deyiladi FVB xabarida. 

Zilzila vaqtida shaharda ogohlantirish signali berilgan. Zilzila oqibatida qurbonlar bo'lmagani, yuzaga kelgan zarar haqida ma'lumot yig'ish ishlari davom etayotgani bildirildi.

Internetda ko‘plab odamlar kvartiralar va ofislardan ko‘chaga yugurayotgani tasvirlangan videolar tarqalmoqda. Videolarda mashinalar signalizatsiyasi ishlab ketganini eshitish mumkin.

Zilzila qo‘shni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda ham sezilgan.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar