Baxtiyor Saidov Antaliyada Sergey Lavrov bilan uchrashdi

Tomonlar Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining ayrim dolzarb masalalarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar, jumladan, MDH va SHHT doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.

2110364
Baxtiyor Saidov Antaliyada Sergey Lavrov bilan uchrashdi

 

2 mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan uchinchi Antaliya Diplomatik forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov rossiyalik mavqedoshi Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.

“Tomonlar Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining ayrim dolzarb masalalarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar, jumladan, MDH va SHHT doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar”, deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Shuningdek, Saidov va Lavrov ikki davlat rahbarlarining kelishuvlariga muvofiq Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuqori dinamikasini ta’minlashga sodiq ekanini tasdiqlagan.

Eslatma: 1 mart kuni Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Tanlangan kalimalar: #Sergey Lavrov , #Baxtiyor Saidov

Aloqador xabarlar