Uludag' universitetida O'zbek tili va madaniyati markazi ochildi

Markazga Anqaradagi Hoji Bayram Veli universitetining san'at tarixi yo'nalishi doktoranti Surayyo Xo'jayeva rahbar etib tayinladi.

2112901
Uludag' universitetida O'zbek tili va madaniyati markazi ochildi

 

Turkiyaning Bursa shahridagi Uludag' universitetida Alisher Navoiy nomidagi O'zbek tili va madaniyati markazi ochildi.

Markaz Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan O’zbekiston davlat rahbarining Alisher Navoiy ijodini keng targ'ib etish, buyuk allomaning ma'naviy va ma'rifiy merosini kelajak avlodlarga yetkazish borasidagi tashabbuslarini amalga oshirish vazifalari doirasida tashkil etildi.

Markazga Anqaradagi Hoji Bayram Veli universitetining san'at tarixi yo'nalishi doktoranti Surayyo Xo'jayeva rahbar etib tayinladi.

Shuningdek, Surayyo Xo'jayeva Navoiy ijodini turkiy dunyo vakillari, xususan Turkiyadagi vatandoshlarimiz, ayniqsa talaba yoshlar orasida ommalashtirish, o'zbek tili va adabiyotining jozibadorligini namoyish etish, turkiy xalqlar o'rtasidagi mushtarak madaniy, ma'naviy va ma'rifiy qadriyatlarni mustahkamlashga bag'ishlangan ijodiy tadbirlarni tashkil etishda alohida namuna ko'rsatgani uchun Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ta'sis etilgan Alisher Navoiy nomidagi ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Surayyo Xo'jayevaga ushbu mukofotni O'zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Sherzod Abdunazarov topshirdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar