Turkiya O'zbekiston OAV bilan ijodiy hamkorlikka tayyor

O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulli Sherzod Abdunazarov Turkiyaning "Demiroren haber ajansi" axborot agentligi direktori Jelal Korkut bilan uchrashuv o'tkazdi.

2113719

Suhbat chog'ida o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, O'zbekiston haqidagi maqolalarni turk mediyasi orqali keng targ'ib qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

"Demiroren Haber Ajansi" AA rahbari agentlikning "dhapress.com" saytida hozirgi kunda turk, ingliz va ozarbayjon tillarida maqolalar joylashtirilayotganini va ular qatoriga o'zbek tilidagi materiallarni e’lon qilish imkoniyati borligini bildirdi.

Agentlik rahbari O'zbekiston OAV bilan ijodiy hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha tegishli bitimni imzolashga tayyorligini ta’kidladi.

"Demiroren haber ajansi" Turkiyadagi eng yirik xususiy media-markazlardan biri hisoblanadi. Agentlikning markaziy administratsiyasida 1500 dan ortiq xodim ishlaydi. Agentlik "CNN Turk" va "D-kanal" telekanallari, "Hürriyet", "Milliyet", "Posta", "Vatan", "Daily News", "Fanatik" kabi gazetalarning asosiy hissadori hamdir.

Aloqador xabarlar