Qirg‘izistonda “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi

Qonunni 66 nafar deputat yoqlab, 5 nafari qarshi ovoz berdi. Qonun loyihasi imzolash uchun mamlakat prezidenti Sadir Japarovga yuborildi.

2115934
Qirg‘izistonda “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasi ma’qullandi

 

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputatlari “Xorijiy vakillar to‘g‘risida”gi ya'ni, rasman “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildi.

Qonunni 66 nafar deputat yoqlab, 5 nafari qarshi ovoz berdi. Qonun loyihasi imzolash uchun mamlakat prezidenti Sadir Japarovga yuborildi. 

Qonun loyihasi parlamentning Konstitutsiyaviy qonunchilik, hukumat tuzilmasi, sud-huquq masalalari va qonunchilik masalalari qo‘mitasining 14 mart kuni yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilindi.  

Qirg‘iziston mahalliy matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, xorijdan mablag‘ olayotgan va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi notijorat tashkilotlar “xorijiy vakillar” deb e’lon qilinadi, Rossiyada joriy qilingan mezonlarga o‘xshash mezonlar bilan maxsus ro‘yxatga olinadi va har yili, rejali ravishda tekshiriladi. Ushbu tashkilotlardan muntazam batafsil faoliyat hisobotlari, xorijiy manbalardan olingan mablag'lar taqsimoti, xodimlar soni va ish haqi kabi ma'lumotlar so'ralishi mumkin.

Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT, xorijiy hukumatlar, inson huquqlari tashkilotlari, matbuot va mahalliy hamjamiyat yetakchilari ushbu qonun loyihasini bir necha bor tanqid qilgan. Qirg‘izistonning “Adilet” yuridik klinikasi ushbu hujjat inson huquqlari va mamlakat konstitutsiyasiga zid ekanligini ma’lum qildi.

Yanvar oyida AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ham “xorijiy vakillar” qonuni yuzasidan xavotir bildirdi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ushbu bayonotni mamlakat ichki ishlariga aralashish sifatida baholadi.

Qonun tanqidchilari uning Rossiyadagi bir xil kontent qonuni bilan o'xshashligini ta'kidlaydilar. Rossiyada "xorijiy agent" qonuni 2012 yilda qabul qilingan. Mamlakatda "xorijiy ta'sir" ostida deb hisoblangan barcha shaxslar "xorijiy agent" sifatida ro'yxatga olinishi mumkin. Rossiyadagi ushbu ro'yxat Ukraina urushidan keyin sezilarli darajada kengaytirildi.


Tanlangan kalimalar: #xorijiy agentlar , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar