NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Bakuga tashrif buyurdi

"Bakuda Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashdim. Ozarbayjon azaldan NATO hamkori hisoblanadi. Bu sheriklik kelgusida ham mustahkamlanishini sabrsizlik bilan kutaman", – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

2116944
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Bakuga tashrif buyurdi

 

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Bakuga tashrifi chog‘ida Ozarbayjon va Armanistonni mustahkam tinchlik o‘rnatishga chaqirdi.

"Bakuda Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashdim. Ozarbayjon azaldan NATO hamkori hisoblanadi. Bu sheriklik kelgusida ham mustahkamlanishini sabrsizlik bilan kutaman", – deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

"Mintaqada tinchlik va barqarorlik keng ma’noda xavfsizlik uchun muhim. Ozarbayjon va Armanistonni yuzaga kelgan mustahkam tinchlik o‘rnatish imkoniyatidan foydalanib qolishga chaqiraman",-deydi u.

Yakshanba kuni rasmiy tashrif bilan Bakuda bo‘lgan Stoltenbergning Janubiy Kavkaz bo‘ylab safari rejasidan Gruziya va Armaniston ham o‘rin olgan.


Tanlangan kalimalar: #Yyens Stoltenberg , #Ozarbayjon , #NATO

Aloqador xabarlar