Arman ishg‘olidan ozod qilingan Xidirli qishlog‘iga Qirg‘iziston maktab qurib bermoqda

Poytaxt Bokuda Ilham Aliyev bilan uchrashgan Sadir Japarov Ag‘dam shahriga borib, u yerdagi tarixiy obidalar bilan tanishib chiqdi.

2132390
Arman ishg‘olidan ozod qilingan Xidirli qishlog‘iga Qirg‘iziston maktab qurib bermoqda

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Armaniston ishg‘olidan ozod qilingan Ag‘dam viloyatining Xidirli qishlog‘ida Qirg‘iziston tomonidan quriladigan maktabning poydevorini qo‘yib berdilar.

Tunov kuni poytaxt Bokuda Ilham Aliyev bilan uchrashgan Sadir Japarov, kecha Fuzuliyga bordi. Fuzuliy shahrida armanlar ishg‘oli davridagi vayronagarchiliklarni ko‘rib chiqqan Aliyev bilan Japarovga, bugungi kunda mintaqada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish faoliyatlari haqida ma’lumot berildi.  

Ikki davlat liderlari keyin Ag‘dam shahriga borib, u yerdagi tarixiy obidalar bilan tanishib chiqdi. Qurilish va obodonlashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi. Davlat rahbarlari qayta tiklangan Ag‘damdagi tarixiy Juma jome’ masjidining ochilishida ham ishtirok etdilar.

Ag‘damning Xidirli qishlog‘iga ham borgan Aliyev bilan Japarov, bu yerda Qirg‘iziston tomonidan quriladigan maktab poydevorini qo‘yib berdilar.



Aloqador xabarlar