Jevdet Yilmaz rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda

Vitse - prezident Jevdet Yilmaz bugun O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirdi.

2134206
Jevdet Yilmaz rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda

Turkiya Respublikasi vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga borar ekan poytaxt Toshkentda Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashdi.

Vitse - prezident Yilmaz, uchrashuv bilan bog‘liq bergan bayonotida:

“Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarimizdan tashqari qishloq xo‘jaligi, qurilish, energetika, suv xoʻjaligi, transport, bank - moliya kabi sohalardagi oʻzaro investitsiyalarimizni baholadik. O‘zbekiston bilan g‘alaba qozonish tamoyiliga asoslangan va muvozanatli davom etayotgan o‘zaro savdo aylanmamiz 2023 - yili oxiriga kelib 3,1 milliard dollardan oshdi.

Hurmatli prezidentlarimiz tomonidan belgilab berilgan 5 milliard dollarlik tovar ayirboshlash ko‘rsatkichiga tez orada toʻliq erishamiz degan umiddaman. Biz ota yurtimiz O‘zbekistonning Turkiy Davlatlar Tashkilotidagi o‘rniga alohida e’tibor beramiz. Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekistonning muhim o‘zgarishlarni boshdan kechirayotganini mamnuniyat bilan kuzatmoqdamiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi chuqur va terang rishtalarga asoslangan hamkorlik bizga bundan ham ko‘proq kuch baxsh etishiga ishonamiz. Hurmatli Qoʻchqorov va uning hay’atiga mehmondoʻstligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Hamkorligimiz bundan buyon ham davom etishini tilabqolaman”. – dedi.



Aloqador xabarlar