Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi

Forumning yalpi sessiyasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Molchan, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Jevdat Yilmaz va boshqa xorijiy davlat vakillari ishtirok etmoqda.

2134389
Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi

 

Bugun Toshkentda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida III Toshkent xalqaro investitsiya forumi o'z ishini boshladi.

Forumning yalpi sessiyasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Molchan, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Jevdat Yilmaz, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa ham qatnashmoqda.

 

Ushbu tadbirning obro'si va ko'lami yil sayin o'sishda davom etmoqda. Agar 2022-yilda birinchi forumga 56 mamlakatdan mingdan ortiq xorijiy mehmonlar kelgan bo'lsa, bu yil dunyoning ko'plab davlatlaridan 2,5 mingdan ortiq kishi ishtirok etmoqda.

Ular orasida hukumat vakillari, yirik kompaniyalar rahbarlari, shuningdek, BMT, YTTB, OPEK, SHHT kabi xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali shaxslari bor.

Sessiyaga CNN telekanali jurnalisti Richard Kvest moderatorlik qilmoqda.

Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada Prezidentimiz nutq so‘zlamoqda.


Tanlangan kalimalar: #Jevdet Yilmaz , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar