Türkiye Sharqiy Oʻrta yer dengizida ShKTRning ham haq-huquqini himoya qilishda qarorli

Mevlut Chavushoʻgʻlu poytaxt Anqaraga tashrif uyushtirga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertugʻruloʻgʻlu bilan boʻlgan uchrashuvi ortidan matbuot anjumani oʻtkazdi.

1805640
Türkiye Sharqiy Oʻrta yer dengizida ShKTRning ham haq-huquqini himoya qilishda qarorli

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Türkiyening Sharqiy Oʻrta yer dengizida, ham oʻzining kontinental shelfi ham da Kipr turklarining haq-huquqini himoya qilishda qarorli ekanini qayd etdi.

Mevlut Chavushoʻgʻlu poytaxt Anqaraga tashrif uyushtirga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Tashqi ishlar vaziri Tahsin Ertugʻruloʻgʻlu bilan boʻlgan uchrashuvi ortidan matbuot anjumani oʻtkazdi.

Unda, Türkiyening Sharqiy Oʻrta yer dengizida ham oʻzining kontinental shelfi ham da Kipr turklarining haq-huquqini himoya qilishda qarorli ekanini qayd etgan Chavushoʻgʻlu, “Bu qarorlilikni bugun uchun ham aytish mumkun. Kontinental shelfimizni paymol qilish tashabbuslari qayd etilgani, hatto bunga bir yilda 9 marotaba duch kelingani va bunga ruxsat bermaganimizni avval ham aytgandik”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Mevlut Chavushoʻgʻlu Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning Sharqiy Oʻrta yer dengizi mavzusida Kipr turklari ham ishtirok etadigan xalqaro konferensiya oʻtkazish haqidagi taklifining, haligacha oʻz kuchini yoʻqotmaganiga e’tibor qaratgan holda, ShKTRning ham bu borada takliflari borligini oʻz soʻziga ilova etdi.

Grek yetakchiligining esa, eski takliflarini yangi takliflardek koʻrsatganini ifoda etgan Chavushoʻgʻlu:

“Bu takliflarning umri tugagan va jiddiy emasdir. Xalqaro hamjamiyat bundan buyon haqiqatni anglab yetib, asil masalaga e’tibor berishi kerak. Kipr turk xalqining suveren tengligi va xalqaro maqomi berilishi kerak”.-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar