Turkiya Xo‘jali qatliomini keskin qoraladi

1992-yilning 26-fevrali kuni Armaniston qurolli kuchlari tomonidan Ozarbayjonning Qorabogʻ viloyatining Xo‘jali shahrida 613 nafar begunoh Ozarbayjon fuqarosi qatl qilindi.

1951641
Turkiya Xo‘jali qatliomini keskin qoraladi

Turkiya tarix sahifalarining qora dog‘ sahifalaridan o‘rin olgan Xo‘jali qatliomini keskin qoralaganini bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, 1992-yilning 26-fevrali kuni Armaniston qurolli kuchlari tomonidan Ozarbayjonning Qorabogʻ viloyatining Xo‘jali shahrida 613 nafar begunoh Ozarbayjon fuqarosining qatl qilingani va yuzlab insonning tan jarohati olgani yodga solindi.

Mingdan ortiq insonning Armaniston kuchlari tomonidan asirga olingani bildirilgan bayonotda, qatliomda bedarak yo‘qolganlar oqibatiga bugun ham aniqlik kiritilmagani qayd etildi.

Bayonotda,

“31 yil muqaddam Xo‘jalida qatl qilingan ozarbayjonlik qardoshlarimiz azobini hali ham qalbimizda his qilyapmiz. Tarix sahifalarining qora dog‘ sahifalaridan o‘rin olgan bu insonlik jinoyatini lanatlaymiz. Xo‘jali qatliomida halok bo‘lgan ozarbayjonlik qardoshlarimizga Olloxdan rahmat tilab, Jon Ozarbayjon xalqiga ta’ziya izhor etamiz”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

 



Aloqador xabarlar