Milliy Mudofaa vazirligi G‘alaba bayramini maxsus videorolik orqali nishonladi

Bundan roppa - rosa 101 yil muqaddam yani 1922 - yili Turk armiyasi Ozodlik kurashida g‘alabaga erishdi va bu g‘alaba Mustaqil Turkiya Respublikasining tashkil topishiga imkon yaratdi.

2030961
Milliy Mudofaa vazirligi G‘alaba bayramini maxsus videorolik orqali nishonladi

Milliy Mudofaa vazirligi 30 - avgust G‘alaba bayramini, o‘zlari tayyorlagan videorolik orqali nishonladi.

Vazirlik tomonidan ijtimoiy media hisobi orqali namoyish etilgan klipda, urush lahzalarining eski tasvirlari bilan Turk Qurolli kuchlari tomonidan bugungi kundagi mahalliy va milliy qurollar, o‘q - dorilar va transport vositalari orqali olib borilgan amaliyot va mashg‘ulotlarga oid lavhalar o‘rin olgan.

30 - avgust Gretsiya armiyasi uchun oxirgi kun ekani aytilgan klipda:

“Bosh qo‘mondon Mustafa Kemal Posho, 30 - avgust kuni armiyasiga «Ilk nishon O‘rta yer dengizidir, olg‘a!» degan buyrug‘i bilan tushdan keyin avj olgan kurash, oqshomga qadar davom etdi. Grek armiyasi butunlay tarqadi va greklar ko‘plab yo‘qotishga uchradi. Shu tariqa grek armiyasi Izmirga chiqib, Anado‘luni bosib olishni ko‘zlagan ishg‘ol harakati, greklarning dengizga to‘kilishi bilan yakun topar edi”.- degan ifodalarga o‘rin berildi.

Klipda, G‘oziy Mustafa Kemal Posho tomonidan berilgan “Olg‘a!” buyrug‘i asosida hamisha o‘z xalqi buyrug‘ida, o‘z xalqi bilan birgalikda mahalliy va milliy texnologiyalar bilan ta’minlangan Turk Qurolli kuchlarining qudrati va javobgarchilik ongi bilan kundan - kunga kuchiga - kuch qo‘shayotgani ifoda etildi.

Turk armiyasi, kecha bo‘lganidek bugun ham do‘stlarga ishonch, dushmaniga qo‘rquv bag‘ishlashda davom etishi bildirilgan klipda, “Vatan uchun jonini fido qilgan shahidlarimiz va qahramon shahidlarimizni, jumladan G‘oziy Mustafa Kemal Ataturkni rahmat va minnatdorchilik bilan yodga olamiz. 30-avgust G‘alaba bayrami va Turk Qurolli kuchlari kuni qytlug‘ bo‘lsin!” – deyildi.



Aloqador xabarlar