Turkiya bilan Yaponiya G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan poytaxt Anqarada Yaponiya Tashqi Ishlar vaziri Kamikava Yoko bilan uchrashdi.

2089825
Turkiya bilan Yaponiya G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Turkiya bilan Yaponiya, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazib berish masalasida hamkorlik qilmoqchi. Bu borada qaror ham qabul qildi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan poytaxt Anqarada Yaponiya Tashqi Ishlar vaziri Kamikava Yoko bilan uchrashdi. Ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Hakan Fidan, Turkiya bilan Yaponiya o‘rtasida o‘z kuchini chuqur tarixdan olgan qadimiy do‘stlik rishtalari borligini ta’kidladi.

Turk – yapon fan va texnologiya universitetining bu yil faoliyat boshlaganidan xursand ekanligini ta’kidlagan Fidan, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik unsuri sifatida bu yil birinchi marotaba uyushtirilishi rejalashtirilayotgan Turkiya - Yaponiya Energiya forumi bo‘yicha olib borilgan faoliyatlar davom etayotganini qayd etdi.

Turizm sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istagida ekanliklarini ifoda etgan Fidan, Turk havo yo‘llarining Tokiodan tashqari Osaka qatnovlarini qayta boshlagani va Yaponiya havo yo‘llari shirkatlarining ham yaqin kunlarda Turkiyaga qatnov boshlatishini kutayotganliklarini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Fidan, ikki davlat o‘rtasida mudofaa sanoati sohasida ham yangi hamkorlik imkoniyatlari mavjudligiga ishonchi komil ekanini bildirdi.

Hakan Fidan, yaponiyalik hamkasbi bilan terrorizmga qarshi kurashdagi hamkorlik masalasini ham muhokama qilganliklari va bu sohada mushtarak harakatlarni faollashtirajaklariga e’tibor qaratdi.

G‘azodagi qatliom va Ukrainadagi urushning eng qisqa vaqt ichida to‘xtashi kerakligini ta’kidlagan Fidan, begunoh insonlar qoni to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini bildirdi.

Hakan Fidan G‘azodagi oxirgi vaziyat haqida:

“Yaqin Sharqda muammoni faqatgina ikki davlat asosida hal qilish mumkin. Biz bunga ishonamiz. Hatto 1967 – yildagi chegara asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan va hududiy yaxlitligi mavjud, mustaqil Falastin davlatini barpo etish mumkinligi borasida hamfikr bo‘ldik. Bu xususda o‘zaro va Birlashgan Millatlar doxil ko‘p tomonli platformadagi hamkorligimizni davom ettiramiz. O‘zlari bilan shuningdek, G‘azoga insonparvarlik yordami yetkazib berish masalasida hamkorlik qilish borasida qaror qabul qildik”. – deya gapirdi.

Rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Yaponiya Tashqi Ishlar vaziri Kamikava Yoko, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan ham qabul qilingandi.

Prezidentlik kulliyasida matbuotga yopiq tarzda uyushtirilgan qabulda Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ham ishtirok etgandi.



Aloqador xabarlar