Alper Gezeravji yurtga qaytdi

Xalqaro kosmik stansiyasidagi vazifasini muvaffaqiyatli tamomlagan Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji, yurtga qaytdi.

2101126
Alper Gezeravji yurtga qaytdi

Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji yurtga qaytdi.

Xalqaro kosmik stansiyasidagi vazifasini muvaffaqiyatli tamomlagan Turkiyaning ilk astronavti Alper Gezeravji, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi tekshiruvlari ortidan prezidentlik apparatiga oid samolyot orqali poytaxt Anqarada joylashgan Esenboʻgʻa aeroportiga keldi.

Bu haqida Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lumot boʻlishib, Gezeravjining fotosuratiga oʻrin berdi.

Axiom - 3 (Ax - 3) ekipajini tashigan «Dragon» kosmik kemasi 10 – fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) janubi - sharqidagi Florida shtati qirg‘og‘idan uzoq nuqtadagi okeanga qo‘ngandi.

Eslatib o‘tamiz:

Axiom - 3 (Ax - 3) ekipaji Xalqaro kosmik stansiyadan 7 – fevral kuni Turkiya vaqti bilan soat 17:20 da yo‘lga chiqqandi.

Axiom - 3 (Ax - 3) ekipajini tashigan «Dragon» kosmik kemasi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining mahalliy vaqt bilan 18 – yanvar kuni soat 16:49 da (Turkiya vaqti bilan 19 – yanvar 2024 soat 00:49) NASAning Floridadagi Kennedy kosmik markazidan muvaffaqiyatli ravishda kosmosga uloqtirilgandi.

Sayohati qariyb 36 soat davom etgan Axiom - 3 (Ax - 3) ekipaji, 20 – yanvar kuni manzilga yetib borgandi.

 

 



Aloqador xabarlar