PKK/YPGga a’zo 4 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2101181
PKK/YPGga a’zo 4 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi

Suriya shimolidagi «Firot qalqoni» amaliyoti olib borilgan hududda hujum uyushtirish uchun tayyorgarlik koʻrayotgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 4 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali berilgan bayonotda,

“Suriya shimolida qon toʻkishdan, mintaqa xalqining tinchligi va xavfsizligini buzishdan boshqa maqsadi boʻlmagan PKK/YPG terror tashkiloti a’zolarini nishonga olgan amaliyotlarimiz davom etmoqda. Turk Qurolli kuchlarimiz Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududda hujum uyushtirish uchun tayyorgarlik koʻrayotgan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 4 nafar terroristni ta’sirsiz holga keltirdi”. – degan ifodalarga oʻrin berildi.  



Aloqador xabarlar