"Taraqqiyot yo'li" loyihasi Turkiya va mintaqa uchun yangi nafas bo'ladi

Bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz TRT News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

2133203
"Taraqqiyot yo'li" loyihasi Turkiya va mintaqa uchun yangi nafas bo'ladi

 

"Taraqqiyot yo'li" loyihasi Turkiya va butun mintaqa uchun yangi nafas bo'ladi.

Bu haqda Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz TRT News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

U prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Iroqqa tashrifi ikki davlat o'rtasidagi savdo bo'yicha aloqalariga qanday ta'sir ko'rsatishi haqidagi savolga shunday javob berdi.

"Ikki davlat o'rtasida nafaqat xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va energiya sohasi, balki savdo bo'yicha hamkorlik sohasi ham juda muhim. Prezident tashrifining eng muhim kun tartibi "Taraqqiyot yo'li" loyihasidir",-deydi Jevdet Yilmaz.

U shuningdek, "Turkiya bu loyiha asosida strategik mavqeini yanada mustahkamlaydi”,- dedi.

"Taraqqiyot yo'li" loyihasining hamkorlik uchun ahamiyatiga to'xtalgan Jevdet Yilmaz, "To'qnashuvlar, janglar, etnik bo'linishlar, mazhablararo nizolar... Bularning hech kimga foydasi yo'q. Biz qilishimiz kerak bo'lgan narsa, xavfsizlik va iqtisodiyot sohasida ko'proq hamkorlik qilishdir. Ishonchim komilki, biz buni amalga oshirganimizda, butunlay boshqacha marralarga erishamiz",-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Turkiya , #Taraqqiyot yo‘li

Aloqador xabarlar