Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi TRT bugun 60 yilligini nishonlamoqda

TRT, Turkiyaning ovozini turli tillarda faoliyat yuritayotgan teleradio kanallari orqali butun dunyoga ulashtirmoqda.

2134221
Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi TRT bugun 60 yilligini nishonlamoqda

Turkiyaning vizual va audio xotirasi hisoblangan Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi TRT bugun 60 yoshida.  

Tomoshabinlar bilan tinglovchilar yarim asrdan oshiq vaqtdan beri unutilmas eshittirishlar bilan yangiliklarni TRT ekranlari orqali kuzatmoqda.

TRT, Turkiyaning ovozini turli tillarda faoliyat yuritayotgan teleradio kanallari orqali butun dunyoga ulashtirmoqda.

Turkiya avvalom bor radio tarmogʻida 1927 – yilning 6 – mayi kuni faoliyat yurita boshladi, keyinchalik esa televideniye tarmogʻida ish boshladi.

Ushbu faoliyatlar ilk bora 1968 – yilning 31 – yanvari kuni, Mithatpasha studiosida sinab koʻrildi.

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi TRTning poydevori esa 1964 – yilning 1- mayi kuni qabul qilingan qaror asosida qoʻyildi.

Har davrda oʻzini yangilab, oʻz sohasida yangi kashfiyotlarga imzo chekkan TRT, bugungi kunga kelib Turkiyaning vizual va audio xotirasiga aylandi.

Oltmish yillik tajribaga ega boʻlgan Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi TRT, toʻgʻri va xolis ommaviy eshittirishning yagona manzili sifatida turk xalqining ovozi boʻlishni davom ettirmoqda.

TRT bugun 60 yilligini maxsus tadbirlar va eshittirishlar bilan nishonlaydi.

Poytaxt Anqarada uyushtiriladigan ushbu tadbirlar, televideniye va radio kanallari orqali muxlislari e’tiboriga havola qilinadi.

 



Aloqador xabarlar