Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi savdo hajmi 5 mlrd dollarga yaqinlashmoqda

Jevdat Yilmaz Toshkentda Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Kengashi (DEİK)-Jahon Turk Ishbilarmonlar Kengashi (DTİK) tomonidan uyushtirilgan "Turk ish dunyosi uchrashuvi" dasturi doirasida ishbilarmon vakillar bilan uchrashdi.

2134331
Turkiya va O'zbekiston o'rtasidagi savdo hajmi 5 mlrd dollarga yaqinlashmoqda

 

Turkiya vise-prezidenti Jevdat Yilmaz 2024 yil 2-3 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan "III Toshkent Xalqaro Investisiya Forumi"da ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keldi.

1 may kuni Jevdat Yilmaz Toshkentda Tashqi Iqtisodiy Aloqalar Kengashi (DEİK)-Jahon Turk Ishbilarmonlar Kengashi (DTİK) tomonidan uyushtirilgan "Turk ish dunyosi uchrashuvi" dasturi doirasida ishbilarmon vakillar bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida mahalliy jurnalistlarga intervyu bergan qardosh davlat vise-prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganligini ta’kidladi.

"Pandemiya davrida butun dunyo qiyinchilikka duch keldi. Ammo Turkiya va O‘zbekiston hamkorligi har tomonlama, xoh siyosat bo‘lsin, xoh turizm, izchil davom etdi. Ikki davlat o‘rtasida azaliy yaqin tarix, o‘xshash qadriyatlar mavjud", - dedi Jevdat Yilmaz.

Turkiya vise-prezidenti bugun O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashdi. Jurnalistlar bilan suhbatda u O‘zbekiston prezidenti olib borayotgan odil siyosatni alohida e’tirof etdi.

"Bugun dunyoda har tomonlama o‘rnak bo‘la oladigan adolatli rahbarlar, afsuski, ko‘p emas. Shunday vaziyatda Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdo'g‘an o‘rtasidagi adolatli, samimiy munosabatlar, izchil hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Hurmatli prezidentingiz juda xalqparvar inson. Chetdan kelgan har qanday mehmonga O‘zbekistonda katta o‘zgarishlar yuz berayotgani darrov seziladi. Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda ikki tomonlama muhim masalalarni muhokama qildik, xususan, iqlim o‘zgarishiga e’tibor qaratdik", dedi Yilmaz.

Jevdet Yilmaz Turkiya bilan O’zbekiston o’rtasidagi savdo hajmi 3 milliard dollardan oshganini ma’lum qilib, “Davlat rahbarlarimiz belgilagan 5 milliard dollarlik maqsadimizga yaqinlashyapmiz”,- dedi.

"Hozirda 3 milliard dollardan oshgan tovar ayirboshlash hajmimiz bor. Rahbarlarimiz belgilagan 5 milliard dollarlik koʻrsatkichga yaqinlashmoqdamiz. Biz imtiyozli savdo tizimi ro‘yxatidagi mahsulotlarni ko‘paytirishdan tortib, bojxona tartib-taomillarini yengillashtirish, ayrim qo‘shma investitsiyalar va loyihalargacha bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlarda erishamiz, bu savdo hajmi avvalo 5 milliardga, ​​keyin esa yanada yuqori ko'rsatgichga ko‘tariladi.Bundan hech shubhamiz yo'q",-deydi u.

Imtiyozli savdo bitimining 1-iyul kuni kuchga kirganini va ayrim mahsulotlarni qamrab olganligini ta'kidlagan Yilmaz, ikki davlat har yili uni yanada kengaytirish uchun sa'y-harakatlarini davom ettirishini bildirdi.

Turkiyaning O'zbekistonga kiritgan to'g'ridan-to'g'ri sarmoyasining 1,5 milliard dollarga yetganini bildirgan Jevdet Yilmaz, O'zbekistonda 1900 ga yaqin turk shirkati bu mamlakatning ham iqtisodiyoti, ham rivojlanishi, ham ish bilan ta'minlanishini qo'llab-quvvatlaganini tilga olib, bu kompaniyalar to'qimachilik, energetika, moliya, sug'urta, metall kabi ko'plab sohalarda faoliyat yuritayotganini ma'lum qildi.

Ikki davlat o'rtasidagi iqtisodiy faoliyatlar ortib borayotganini va siyosiy aloqalarning mukammal deb ataladigan nuqtada ekanligini ta'kidlagan Yilmaz, "Siyosatchilar va davlat boshqaruvchilari sifatida bizning vazifamiz tegishli shart-sharoitlarni yaratishdir. Qolganlari xususiy sektorning ishi, sizning ishingiz. Qanchalik muvaffaqiyat qozonsangiz, O‘zbekistonga shunchalik ko‘p investorlar keladi. Men har doim aytaman, investorlar investorlarni jalb qiladi. “Muvaffaqiyatli investorlar, muammolari hal boʻlgan investorlar boshqa investorlarni ham jalb qiladi",-dedi.

Shuningdek, Jevdat Yilmaz O‘zbekiston iqtisod va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashuv tafsilotlariga to‘xtaldi.

"Ikki davlat o‘rtasida oldi-sotdi munosabatlari tobora rivojlanmoqda. Uchrashuvda bu boradagi masalalar, xususan, o‘zaro yuk tashishdagi muammolarni bartaraf etish Bundan ham ko‘p oldi-sotdilarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz. Yuk tashish va boshqa sohadagi muammolarni hal qilishga ham e’tibor qaratyapmiz", dedi Turkiya vise-prezidenti.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida yashil iqtisodiyot, biznes va boshqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari porloq ekanligi qayd etildi.

Davlatlar o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish juda muhim ekanligiga e’tibor qaratgan Turkiya vise-prezidenti tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni oshib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘payganligi quvonchli holat ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, u yetakchi kompaniyalar ishtirokida energetika, konchilik, oziq-ovqat, to‘qimachilik va boshqa ustuvor tarmoqlarda yirik investisiya loyihalari amalga oshirilganligini e’tirof etdi.


Tanlangan kalimalar: #Jevdet Yilmaz , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar