Turkiya G'azoga 5 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam yubordi

G'azoga yetkazilishi uchun tayyorlangan 5 ming 66 tonna gumanitar yordam mahsulotlarini olib ketayotgan 11-Mehribonlik kemasi kecha Mersin xalqaro portidan yo'lga otlandi.

2135623
Turkiya G'azoga 5 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam yubordi

 

Turk Qizil Yarim oy jamiyati G'azoga 5 ming tonnadan ortiq gumanitar yordam yubordi.

G'azoga yetkazilishi uchun tayyorlangan 5 ming 66 tonna gumanitar yordam mahsulotlarini olib ketayotgan 11-Mehribonlik kemasi kecha Mersin xalqaro portidan yo'lga otlandi.

Gumanitar yordamlar tarkibida oziq-ovqat, chaqaloqlar uchun jihozlar, uyqu kambinizonlari va glutensiz mahsulotlar o'rin olgan.

Kema Misrning G'azoga eng yaqin hududi bo'lgan "El-Arish" portiga yetib boradi. Kema safari taxminan ikki kun davom etishi rejalangan.

Bu yerda kemadan tushiriladigan gumanitar yordam materiallari yuk mashinalari bilan Rafah chegara darvozasiga yetkaziladi.

Bojxona tartib-qoidalaridan so‘ng materiallar Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatiga yetkaziladi va G‘azodagi muhtojlarga yetkaziladi.


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Turkiya

Aloqador xabarlar