Hakan Fidan Esvatini Qirolligi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Turkiya va Esvatini o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

2136086
Hakan Fidan Esvatini Qirolligi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Esvatini Qirolligi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Pholile Shakantu bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuv poytaxt Ankarada bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan so'ng Turkiya va Esvatini o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hakan Fidan avvalroq, Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Tani bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog'ida G’azodagi oxirgi vaziyat va Isroil bilan Falastinning Hamas harakati o’rtasida davom etayotgan otashkesim muzokaralari muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Turkiya

Aloqador xabarlar